Sochga chizdirish

Assalomu alaykum! Meni o‘g‘lim va jiyanimni sochini kaltalashtirishga Sartaroshga chiqdik sochini kaltaladi va yon chekkasiga Z qilib chizdirdim, keyin bir tanishim ko‘rib boshqa chizdirmagin mumkinmas chizdirish dedi. Albatta u sartaroshlarni mashinkasida chizilga boshqa narsada emas. Savolim shuki sochga shunday chizdirsa bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi? Shu haqida tushuncha bersangizlar. Javobingiz uchun Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli! Bir qavmni yaxshi ko‘rgan va ularga etisha olmagan odam haqida nima deysiz?» dedi.Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kishi suyganlari bilan birgadir», dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilganlar.Sharh: Bu hadisi sharifdagi «ularga etisha olmagan» jumlasini ikki xil tushunish mumkin. Biri «ularga borib qo‘shila olmagan», ikkinchisi «ular qilgan yaxshi amallarcha amal qila olmagan» bo‘lishi mumkin. Ammo har ikkisida ham o‘sha qavmga bo‘lgan muhabbat o‘z egasining o‘zi muhabbat qilgan qavmlarga borib qo‘shilishiga sabab bo‘lar ekan.Kim yaxshilarni yaxshi ko‘rsa, ularga qo‘shib qayta tiriltirilar ekan. Kim yomonlarni yaxshi ko‘rsa, ular bilan bo‘lar ekan. Shuning uchun doimo mo‘min-musulmon va taqvodorlarga muhabbat qo‘ymoq zarur. (Hadis va Hayot).Kim kimni yaxshi ko‘radigan bo‘lsa, o‘zini unga o‘xshatgisi keladi.Ibni Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinad : Rosululloh sollallohu alayhi vasallam : عن ابن عمر قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم « من تشبه بقوم فهو منهم » رواه أبو داود” Ya’ni : “Kim o‘zini bir qavmga o‘xshatsa, bas u ulardandir” dedilar. (Abu Dovud rivoyati).Yosh bola oppoq yozilmagan sahifaga o‘xshaydi, unga nimani yozsangiz umrining oxirigacha o‘sha qoladi. Vallohu a’lam.

11 May 2022, 08:04 | Savol-javoblar | 182 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar