Qo‘chqorbozlik

Alhamdullah, uyda hammamiz namozlarimizni vaqtida o‘qib, shariatga qo‘limizdan kelganicha harakat qilib kelamiz. Lekin ota-onamni va meni tashvishga soladigan muammo, akamning qo‘chqorbozligi. Unga “bu ishingizdan qayting” dedik, qo‘chqor urushtirish haromligi haqida ko‘p aytdik, gapga kirmayapdilar. Bir ikkita qo‘chqorbozlar kelib qolsa, faqat qo‘chqor urushi haqida, boqayotgan qo‘chqorlarini yaxshi ko‘rishini maqtanadilar. Men ham ularga paytdan foydalanib, ularga bu ishidan qaytishini, Qiyomatda javob berishini aytdim. Lekin ilmim kamligi tufayli ularga yaxshilab tushuntira olmayapman. Ustoz, aytingchi, akamni bu yo‘ldan qanday qaytarsam bo‘ladi? Shari’atimizda qo‘chqorbozlikning hukmi qanday? Akam sizni juda hurmat qiladi, Sizning javobingiz sababli akam bu illatni tashlar degan umidda bu savolni yo‘lladim. Iltimos ustoz, qo‘chqor urushturuvchilarining bu dunyodagi hamda oxiratdagi oqibati haqida aytib o‘tsangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ish gunoh. Uni tezda tark qilish kerak.

26 May 2022, 17:57 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar