Ayoliga "yo‘qol uyinga ket" deyish
Assalomu alaykum! Ayolim jahlimni ko‘p chiqargan hollarda men unga “yo‘qol uyinga ket” yoki “yana bir bor aytganimni qilmasang, uyinga haydab yuboraman” degan so‘zlarni ko‘p ishlatganman (taloq so‘zini hech qachon ayolimga aytmaganman). “Uyinga ket”, deb aytsa “taloq” tushadi deb eshitdim. Shu rostmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Taloq qilish maqsadida “uyinga ket” deb aytsa taloq tushadi. Bu, er xotinini taloq qilmoqchi bo‘lib turib taloq so‘zini ishlatmasdan, o‘zini xotirjam tutib yoki jahl qilib, “uyinga ketaver” degan suratda bo‘ladi. Bu kabi masalalar tomonlarning jonli majlisdagi ishtirokida, mutaxassis ahli ilm tomonidan ko‘rib chiqiladi. Siz ham o‘zingizga yaqin joydagi biron ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!
21 Aprel 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 178 | Oila va turmush