Tirnoq xaqida gap yoki bid’at

Assalomu alaykum! Men yoshligimda tirnoq xaqida bir gap eshitgandim. Shu rost yoki yolg‘onligiga oydinlik kiritib olmoqchi edim. Eshitishimcha olingan tirnoqni ostonaga eshik tagidagi oraliqqa tashlansa qiyomatda dajjolni chalgan chiroyli musiqasini eshitib orqasidan ergashib ketayotganda o‘sha ostonaga tashlangan tirnoqlari yo‘lidan o‘sib chiqib yo‘lini to‘sarmush. Keyin unitaz, vannaga tashlangan tirnoqlar xam bo‘lmasmush, tirnog‘ing namda, diling g‘amda qoladi deshgandi. Shu gaplarga oydinlik kiritib bersangizlar, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tirnoq ham odamning bir a’zosi bo‘lgani uchun ularni ko‘mib qo‘yish kerak. Qabristonga bo‘lishi shart emas. Tuk, sochlarning hukmi ham shu. Xususan ayollar sochlarini begonalarga ko‘rsatish harom bo‘lganidek kesilgan va taroqdan tushgan sochlarini ham nomahramlarga ko‘rsatishi harom hisoblanadi. Qolgan gaplar to‘qima. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar