Garovga telefon tashlab ketib qaytib kelmadi
Assalomu alaykum! Ustozlar, meni tijorat bobida savolim bor edi. Men tijoratchiman bozorda mahsulot sotaman. Bir kuni meni oldimga bir kishi keldi mahsulotimni harid qildi, narxini kelishdik. U sotib oldi, lekin oldida puli bo‘lmaganligi sababli menga telefonini qoldirib, pulini kechki mahal olib kelishini aytdi, men rozi bo‘ldim. Lekin oradan 15kun o‘tsa hamki u kelmadi. Men sotgan mahsulot 300.000 so‘m pul turadi, uni telefoni bozorda 850.000 so‘m atrofida turadi, lekin keyn bilsam telefoni ishlatishga yaroqsiz ekan, hozirgi holatida 200.000 yoki 250.000 so‘m atrofida turar ekan. Shu holatda men telefonni o‘z hisobimdan tuzattirib uni ishlatib yursam yoki qimmat narxga (hohlagan narximga) sotsam shu topgan pulim (300.000 so‘mlik sotgan mahsulotimdan tashqari) halol hisoblanadimi? Men telefonni o‘z hisobimdan tuzattirsam hamda uni ancha muddat kutsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tuzattirib, tuzattirgan va o‘z sotgan narsangizni ya’ni 300.000 haqingizni olib qolganini egasiga qaytarishingiz kerak bo‘ladi. Mabodo tanimasangiz yoki topishni mutlaqo ilojisi bo‘lmasa ortgan pulni uni nomidan sadaqa qilasiz. Topilganida o‘sha pulni egasiga berasiz. Ulamolar qancha kutish kerak degan savolga bir yil deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 135 | Moliya va tijorat