Ayollar shimini sotsak undan tushgan foyda halolmi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, biz ayollar kiyim-kechagini sotamiz. Hozir sovuq bo‘layotganligi uchun ayollar(qizlar) shimiga ehtiyoj katta. Shayx Hazratlarini oldin bergan javoblarini o‘qiganmiz oyog‘i ko‘rinmasa mumkin deganlar. Mijoz olayotganda avrati yopiq bo‘lsa keyinchalik shimni o‘zini kiysa bunday holatda sotgan shimdan olgan foyda halol bo‘ladimi? Bundan biz gunohkor bo‘lib qolmaymizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Halol bo‘ladi. Chunki ulamolar bir narsani joiz o‘rinda ham iste’mol qilish mumkin bo‘lsa uning savdosi joiz deganlar. Nojoiz joyda iste’mol qilishi o‘zlariga bog‘liq. Masalan televizor, undan Makkaga ulab doim qiroat va hadislar eshitib Qur’on darslarini o‘rganish ham mumkin, buzuq kinolarni ko‘rish ham mumkin. Gunoh ish qilish sotib olganning o‘ziga bog‘liq. Albatta savdo vaqtida bir ayolni ayollar bilan muloqat uchun tayinlangan bo‘lsin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:55 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar