Oila buziladimi?

Assalomu alaykum! Qaynonam bilan quchoqlashib va o‘pishib ko‘rishaman (uzoqroq qarindosh bo‘lganliklari uchun), lekin shaxvat qo‘zg‘alganini eslay olmayman. Savolim shundan iboratki, agar shaxvat qo‘zg‘algan bo‘lsa ayolim menga xarommi? Va bunday holatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar o‘pishib ko‘rishganingizda shahvatingiz qo‘zg‘almagani aniq bo‘lsa nikoh buzilmaydi. Bunday ko‘rishishni tez to‘xtating. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:56 | Savol-javoblar | 143 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar