Qalbni yumshatuvchi duolar

Assalomu alaykum! Mening qalbim qotib qolganidanmi, negadir uncha-munchaga ko‘zimga yosh kelmaydi. O‘zim shu holatimdan qo‘rqaman. Iltimos, menga qalbni yumshatuvchi duolardan aytsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! ما رويناه في كتاب ابن السني، عن أم سلمة رضي الله عنها قالت: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا انصرف من صلاة المغرب يدخل فيصلي ركعتين، ثم يقول فيما يدعو: "يا مقلب القلوب ثبت قلوبنا على دينك  Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozidan forig‘ bo‘lsalar, uylariga kirib, ikki rak’at namoz o‘qir, so‘ngra: يَا مُقَلِّبَ القُلُوبِ ثَبِّتْ قُلُوبَنَا عَلَى دِينِكَ «Ya muqollibal qulubi, sabbit qulubana ’ala diynik», deb duo qilardilar.
(Ma’nosi: Ey qalblarni o‘zgartiruvchi Zot, qalbimizni diningda sobit qil.)
Ibn Sunniy rivoyatlari. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 169 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar