PAYGAMBARIMIZ(SAV)NING SAVODLARI XAKIDA

ASSALOMU ALAYKUM VA ROXMATULLOXI VA BORAKOTUXU VA MAXFIRATIXI VA RIZVANAXU XURMATLI ShAYX XAZRATLARI Savolim Paygambarimiz(S.A.V) xat savodlari xakida Bir kuni bir namozxon birodarim bilan,Paygambarimiz(S.A.V) savodi bor yukligi xakida tortishib koldik.Men Paygambarimiz(S.A.V) umrining oxirigacha ukish va yozishni bilmaganlar dedim.Birodarim esa,-Yuk Rosulullox(S.A.V) paygambar bulgunlariga kadar savodsiz bulganlar,Paygambar bulganlaridan keyin savodini chikarib ukish va yozishni urgangan bulishlari kerak.Chunki ummatlarini ilm olishga undab,uzlari savod chikarmay kolmaydilarku dedi.Xuzurida ba’zi saxobalar kur’on suralarini yozib olishgan,ularni tekshirish uchun savod bulishi kerakku dedi birodarim.Men esa -Paygambarimiz(S.A.V)ning savodini chikarganlarini ukimagani va eshitmaganim uchun biror narsa aytolmayman.-Keling yaxshisi buni Shayx xazratlaridan suraymiz dedim.Birodarim gapimni ma’kulladi.Ayting Xazrat Paygambarimiz(S.A.V) umrining oxirigacha ya’ni Kur’on tugal bulguniga kadar ukish va yozishni bilmaganlarmi?Yoki birodarim aytganiday Paygambarimiz(S.A.V) Paygambar bulganlaridan keyin savodini chikarib ukish va yozishni urganganlarmi? Javobingiz uchun Allox sizdan rozi bulsin Omiyn Alloxu Akbar.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Alloh taolo «Jumu’a» surasida:«U zot savodsizlar ichidan, garchi ular bundan avval ochiq zalolatda bo‘lsalar ham, ularga oyatlarini o‘qib beradigan va ularni poklaydigan hamda kitobni va hikmatni o‘rgatadigan Payg‘ambarni yubordi», degan (2-oyat).Biz, «savodsiz» deb tarjima qilgan ma’no arab tilida «ummiy» deyilib, bu so‘z o‘qish-yozishni bilmaydigan shaxsga nisbatan ishlatiladi. «Umm»–ona degani. Ya’ni, onadan tug‘ilgandek, o‘qish-yozishni o‘rganmay yurgan, degan ma’noni tushunish kerak. O‘sha davr arablari ummiy qavm deyilgan, chunki ularning ichlarida o‘qish-yozishni biladiganlari juda oz bo‘lgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom ham o‘qish-yozishni mutlaqo o‘rganmaganlar.Ularning bu daliliga javob:«Ummiy»–«savodsiz» so‘zi Qur’oni Karimda olti marta kelgan.1. «Baqara» surasida Alloh taolo Bani Isroil haqida:«Ularning ichida kitobdan bexabar, xomxayoldan boshqani bilmaydigan ummiylar bor. Ular faqat gumon qiladilar, xolos», degan (78-oyat).2. Alloh taolo «Oli Imron» surasida:«Va kitob berilganlarga va ummiy–savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o‘girsalar, sening zimmangda etkazish, xolos. Alloh bandalarni ko‘rib turuvchidir», degan(20-oyat).3. Alloh taolo «Oli Imron» surasida Bani Isroil haqida:«Ahli kitoblardan, agar hisobsiz molni omonat qo‘ysangiz, uni senga ado qiladiganlari bor va bir dinorni omonat qo‘ysang, ustida turib olmaguningcha, senga ado qilmaydiganlari ham bor. Bu ularning, ummiylar uchun bizning ustimizga yo‘l yo‘q, deyishlaridandir. Ular bilib turib Alloh haqida yolg‘on so‘zlarlar», degan (75-oyat).4. Alloh taolo «A’rof» surasida:«Ular o‘z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni engillatib, kishanlarni echadigan Payg‘ambarga–ummiy Nabiyga ergashadilar», degan (157-oyat).5. Alloh taolo «A’rof» surasida:«Bas, Allohga hamda Uning Rasuliga, Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy nabiyga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», degan (158-oyat).6. Yuqorida zikr qilingan «Jumu’a» surasidagi oyat.Ushbu oyatlardagi «ummiy» so‘zining ikki xil ma’nosi bor. Birinchisi–o‘qish-yozishni o‘rganmaganlik. Ikkinchisi–Alloh taolo tomonidan kitob tushirilmaganlik.Islomgacha arablarda ikki ummiylik ham bor edi. Qur’oni Karim nozil bo‘lgandan keyin kitob tushirilmaganlik ummiyligi yo‘q bo‘ldi.O‘qish-yozishni bilmaslik ummiyligi esa, ta’lim bilan yo‘q bo‘ldi. Bu ummiylik oddiy kishilarga nisbatan ayb va nuqsondir.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ummiyliklari esa, maqtov va faxrdir.Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom o‘qish-yozishni mutlaqo o‘rganmaganlar. Albatta, Allohning ulkan hikmati tufayli shunday bo‘lgan. Nega hikmat deyapmiz? Chunki savodsiz jamiyatda ummiy bo‘lib o‘sgan, umrida hech narsa o‘qimagan-yozmagan, o‘zga dinlar shariat va madaniyatlaridan bexabar voyaga etgan, Payg‘ambar bo‘lganlaridan keyin ham o‘qish-yozishni o‘rganmagan bir odam qirq yoshga to‘lganlarida, Allohning irodasi bilan, xalqlarni dunyoda eng mukammal din bo‘lmish Islomga da’vat qila boshladilar. U kishiga Qur’oni Karim oyatlari tushib, o‘tgan ishlar, kelajak voqealar, axloq va odob qoidalari, ibodatlar, siyosat, iqtisod va inson hayotining barcha taraflarini o‘z ichiga qamragan, unga ikki dunyo saodatining kafolatini beradigan hukmlar bayoni keldi. Zamonlar o‘tishi va ilm-fan rivojlanishi bilan Qur’on mo‘hjizalari tasdiqlanib bormoqda. Sahroda o‘sgan, o‘qish-yozishni o‘rganmagan odamdan barcha zamonlarning eng haq ta’limoti o‘zidan-o‘zi chiqmasligini, faqat olamlar Parvardigorigina O‘z qudrati, ilmi va hikmati bilan bu ishga qodir ekanini tushunish qiyin emas. Bunga do‘st ham, dushman ham tan bermasdan iloji yo‘q.

1 May 2022, 00:27 | Savol-javoblar | 169 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar