Namoz o‘qiyotganda nigoh tashlash

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qiyotganimda ko‘pdan ko‘p bir yoshli farzandim yonimda bo‘ladi. U emaklab biron joyga yoki biron narsaga teginayotgan paytda faqat ko‘zlarim bilan unga qarab olaman. So‘ramoqchi bo‘lganim namoz paytida qimirlash yoki uyoq buyoqa qarash mumkun emas ekan. Meni hozir o‘qigan namozlarim buzulganmi farzandimdan havotir olganim uchun qaraganma? Yoki emaklasa ham etiborga olmaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nigoh tashlashni o‘zi bilan namoz buzilmaydi. Namoz o‘qish oldidan bolani biror xavfsiz joyga o‘tkazib qo‘yish kerak. Vallohu a’lam!

21 Sentabr 2023, 10:37 | Savol-javoblar | 0 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar