Xususiy klinikadagi holat
Assalomu alaykum! Man xususiy shifoxonada shifokor bo‘lib ishlayman. Xonamni to‘liq o‘zim apparatlar va instrumentlar bilan jixozlaganman. Xususiyda xamma shifokorlar oyliklari tushirilgan pulga nisbatan 40% qilib xisoblab beriladi. Shunga ko‘ra doim xar xil oylik chiqadi, nasibaga yarasha Alhamdulillah. Lekin shunday bo‘lsa xam kerak nokerak davoga chorlamayman(astag‘firulloh) xaromdan qo‘rqaman. Ikkinchi masala davolovchi shifokorlar bemorni operatsiyaga tayyorlasa oyligiga 10% operatsiya pulidan chiqariladi, lekin bu bemorni to‘laydigan puliga ta’sir qilmaydi. Uchinchi masala tekshiruvga MRT ga yuborilganda tekshirilgan joydan xam aniq belgilangan miqdorda mablag‘ shifokorga yuboriladi. Bunda xam to‘lovchining to‘laydigan mablag‘iga ta’sir qilmaydi. 1 savolim oyligimni % dan boshqachasiga xisoblatishni iloji yo‘q, arendaga xona olsam qaytanga uni pulini chiqarish uchun katta narxlar yozishimga va odamlarni qiynab qo‘yishimga to‘g‘ri keladi. Man shu xolatni riboga aloqasi qanday? 2). Operatsiyaga tayyorlangan kasallar ustidan oladigan xaqqimizni xolati qanday? 3). MRT dan keladigan pulni iloji boricha ishlatmay kimgadur yordamga beraman yo ukamga beraman onam yolg‘iz katta qiladilar. Iltimos shu uch xolat bo‘yicha maslaxatingizni ayamanglar. Oldindan rahmat. Allohim nasibamizni xalolidan va barokatliligidan qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Eng avvalo pulni ko‘zlab makr qilmasligingiz, bu Allohni sizga bergan eng katta hikmatidir. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Bizga makr hiyla qiluvchilar bizdan emas” deganlar. Doktorlarni makr qilishi boshqalardan ko‘ra sizga ko‘proq ma’lum. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: وَلاَ تَأْكُلُواْ أَمْوَالَكُم بَيْنَكُم بِالْبَاطِلِ وَتُدْلُواْ بِهَا إِلَى الْحُكَّامِ لِتَأْكُلُواْ فَرِيقًا مِّنْ أَمْوَالِ النَّاسِ بِالإِثْمِ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ 188. Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan emang. Bilib turib, odamlarning mollaridan bir qismini gunoh ila eyishingiz uchun uni hokimlarga tashlamang.
Keraksiz tekshiruvga jo‘natishadi, dori furushlarni kerak-nokerak dorilarini yozib berishadi, kasallikni tomirini quritish o‘rniga shoxi bilan bargini quritish payida bo‘ladi, ilmi etmasa ham tahminan davolashga urinib ko‘radi va hokazolar. Bularning barchasi oyatdagi bilib turib odamlarning molini shilish uchun boshqalarga jo‘natish bo‘ladi. Shulardan saqlangan holatda o‘zingiz keltirganigizdek maosh olishingiz joiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 151 | Halol va harom