Halol yozuvli maxsulot
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, halol yozuvli maxsulotni chiqaradigan korxonani surishtirib, tekshirilgandan so‘ng maxsulotni xalolligi aniq bo‘lsa, qancha vaqtgacha u korxonani maxsulotini istemol qilsa bo‘ladi. Chunki ishchilar almashinuvi va maxsulotni tarkibini (go‘sht, tam beruvchi, rang beruvchi) etkizib beruvchilarni xam xisobga olish kerakku yoki u maxsulotni umuman istemol qilmaslik to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo mahsulotni surishtirib tekshirib halolligini aniqlaydigan inson shariat ilmini puxta bilgan kishi bo‘lishi shart. Qolaversa siz aytgandek tekshiruv bardavom bo‘lib turishi kerak. Ko‘pchilik go‘sht mahsulotlarini so‘yishiga ahamiyat berib halol deb yuboraverashadi. Unga qo‘shiladigan qo‘shimchalarga esa e’tibor qaratishmaydi. Bir misol, kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar ishxonamizga kelib hayvonlarni shariatga muvofiq so‘yishlarini, pokizalikka e’tibor qaratishlarini aytishdi. Biz ulardan unga qo‘shiladigan narsalarini so‘raganimizda kolbasaga tovuq terisini ham qo‘ishishini aytishdi. U narsalar esa Latviyadan kelishini aytishdi. Ular qanday so‘yishganini bilmaymiz deyishdi. Hozirda qazi tayyorovchilar ham shariatga muvofiq so‘yilgan go‘shtdan foydalansalarda tashqaridan keladigan ichaklarni ko‘pi Mongoliya kabi butparastlarning yurtidan kelar ekan. Bu aniqki bu ichakdan tayyorlangan qazi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:58 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom