Fidyaga haqdorlar

Assalomu alaykum! Fidyani birga yashaydigan oila a’zosiga bersa buo‘ladimi? Masalan: buvi, ota-onasining daromadi yaxshi bo‘lmagan nabirasiga bersa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Savol: Ro‘zaning fidyasi kimlarga beriladi?
Javob: Miskinlarga, faqirlarga, beva-bechoralarga, nochorlarga, zakotga qodir bo‘lmaganlarga beriladi. Orasida tug‘ishganlik va er-xotinlik aloqasi borlarga, ya’ni o‘zining farzandlariga, farzandining farzandlariga, otasiga, eriga, xotiniga, boylarga, zakotga qodir bo‘lganlarga, zakot berish mumkin bo‘lmaganlarga berilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 143 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar