Oq bo‘lib qolmadimmi?
Assalomu alaykum! Ustozlar, Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Meni tuqqan onam 3-4 yoshimgacha qarab parvarishlagan. Keyin meni buvam (dadamning onasi), o‘zining qizi yo‘qligi va meni birinchi nevaraligim uchun qattiq yahshi ko‘rganligi sababli, o‘z qaramog‘iga olishgan. Onam bunga qarshilik qilisha olmagan. Chunki dadamdan qattiq qo‘rqishar edi. Men buvamni qo‘llarida katta bo‘ldim. Meni uzatishda ham buvam uzatdilar. Meni o‘qitishda ham, boqib katta qilishda ham buvam hech kimning yordamisiz o‘zlari harakat qilishgan. Hozirda men 4 farzandning onasiman. Onam meni katta bo‘lishimga deyarli hech qanday hissa qo‘shmaganlar. Dadam bilan ajralishganlaridan keyin ham (u paytda men 6-7 yosh edim) onam dadamdan qo‘rqib, meni qaytara olmaganlar. U paytga kelib o‘zim ham onamga qaytib borishni hohlamay qolgandim. Onam meni boqib katta qilmasdan, o‘qitmasdan onalikni davo qilishlari to‘g‘rimi? Onamga do‘q po‘pisa qilsam oq bo‘lib qolmaymanmi? Ertaga farzandlarimdan qaytmasmikin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Do‘q po‘pisa qilsangiz oq bo‘lasiz. Ota-ona har qanday holatda ham o‘z maqomlaridan tushib qolmaydilar. Alloh taolo “Luqmon” surasida marhamat qiladi: وَإِن جَاهَدَاكَ عَلى أَن تُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا وَصَاحِبْهُمَا فِي الدُّنْيَا مَعْرُوفًا وَاتَّبِعْ سَبِيلَ مَنْ أَنَابَ إِلَيَّ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ 15. Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma! Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil hamda Menga yo‘nalganlarning yo‘liga ergash. So‘ngra qaytishingiz faqat Mengadir. Bas, sizga nima amal qilganingizning xabarini berurman.
Ha, ota-onaning farzanddagi haqqi ko‘p. Farzandlari ularni har qancha e’zozlasa, ularga har qancha shukr qilsa, itoat etsa, oz. Ammo Alloh taoloning haqqi undan ham yuqori. Chunki ota-ona farzandning dunyoga kelishiga, unib-o‘sishiga sababchi bo‘lsalar, Alloh taolo haqiqiy yaratuvchi va rizq beruvchidir. Shuning uchun Alloh taoloning haqqi ota-onaning haqqidan ustundir. Bu oyatda ana shu haqiqat bayon etilmoqda.
«Agar ikkovlari seni o‘zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishga zo‘rlasalar, bas, ularga itoat etma!»
Agar ota-ona o‘z qadrini o‘zi tushirsa, ota-onalik burchini ado etish, Luqmoni Hakim kabi, bolasini shirkdan qaytarish o‘rniga, uni noma’lum narsani Alloh taologa shirk keltirishga zo‘rlasalar, noto‘g‘ri qiladilar. Bu holatda farzand ularga itoat etmaydi. Bu masalada ota-onaga itoat etilmaganidan keyin, ulardan boshqasiga itoat etmaslik turgan gap. Mo‘min-musulmon kimsa nafaqat Allohga shirk keltirishda, balki, umuman, U Zotga nisbatan ma’siyat ishlarda hech kimga itoat etmaydi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Xoliqqa ma’siyat bo‘ladigan ishda maxluqqa itoat etilmas», – deganlar.
Lekin bu degani, boshqa e’tiqodda bo‘lgani uchun ota-onangdan butunlay voz kech, degani emas.
«Va bu dunyoda ikkovlari suhbatini yaxshi qil...»
Musulmon farzand kofir ota-onasiga e’tiqod, dinu diyonat masalasida itoat etmagani bilan, ularga shirin muomalada bo‘ladi, dunyoviy ehtiyojlarini qondiradi. Ushbu oyati karimalar nozil bo‘lmagan vaqtlarda Nabiy sollallohu alayhi vasallam Sa’d ibn Abu Vaqqos, Sa’d ibn Molik kabi ota-onasi mushrik bo‘lgan sahobiylarga ota-onalarini hurmat etishni, ularga yaxshilik qilishni buyurganlar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:02 | Savol-javoblar | 162 | Oila va turmush