Olloh yulida yolg‘on gapirishlik

Assalomu alaykum! Meni bir qari buvim bor. U kishi umuman namoz o‘qimaydila, men ularga rahmatli bobom tushimda sizni namoz o‘qishizni aytdila deb yolg‘on gapirib qo‘ydim. Tabiatimda yolg‘on gapirishlik yo‘q. Man o‘ylab qoldim gunox qilmadimmikin deb. Man gunox qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqlariga ko‘proq duo qilinglar. Yolg‘on joiz emas, go‘zal axloq bilan to‘g‘risini ayting. Chunki shariatimizda ko‘rmagan tushini ko‘rdim, deyish og‘ir gunoh.Tushi to‘g‘risida yolg‘on gapirish haqidaعَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: «مَنْ تَحَلَّمَ بِحُلُمٍ لَمْ يَرَهُ، كُلِّفَ أَنْ يَعْقِدَ بَيْنَ شَعِيرَتَيْنِ، وَلَنْ يَفْعَلَ، وَمَنِ اسْتَمَعَ إِلَى حَدِيثِ قَوْمٍ وَهُمْ لَهُ كَارِهُونَ أَوْ يَفِرُّونَ مِنْهُ، صُبَّ فِي أُذُنِهِ الْآنُكُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ، وَمَنْ صَوَّرَ صُورَةً، عُذِّبِ وَكُلِّفَ أَنْ يَنْفُخَ فِيهَا، وَلَيْسَ بِنَافِخٍ». قَالَ سُفْيَانُ: وَصَلَهُ لَنَا أَيُّوبُ.
عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَالَ: «مَنِ اسْتَمَعَ، وَمَنْ تَحَلَّمَ، وَمَنْ صَوَّرَ». نَحْوَهُ. تَابَعَهُ هِشَامٌ عَنْ عِكْرِمَةَ، عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ قَوْلَهُ
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Kim ko‘rmagan tushini ko‘rdim desa, unga ikkita qilni bir-biriga bog‘lash yuklatiladi, u esa buni zinhor qila olmaydi. Kim odamlarning gapiga ular istamagan [yoki «undan qochayotganlari»] holda quloq tutsa, qiyomat kuni qulog‘iga qalay quyiladi. Kim surat chizsa, azoblanadi va o‘shanga jon kiritish yuklatiladi. U esa jon kirita olmaydi». ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُما ، عَنْ أَبِيهِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مِنْ أَفْرَى الْفِرَى أَنْ يُرِيَ عَيْنَيْهِ مَا لَمْ تَرَIbn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uydirmalarning eng yomoni – ko‘rmaganini ko‘rdim, deyishdir», dedilar».
Izoh:
Bu erda tush ko‘rish nazarda tutilgan. Yolg‘ondan tush to‘qish eng katta yolg‘on va og‘ir gunohdir, chunki bu bevosita Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish, U Zotga tuhmat qilishdir. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 155 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar