Qiz uchun olingan narsalar

Assalomu alaykum! Qizni turmushga berayotganda qiz uchun qalin puli olish xaromligini bildik. Buyumlarchi xozir deyarli hamma narsa kuyov tomondan olinadi. Hattoki qo‘ylar olinadi, to‘y va oziq ovqat mahsulotlar uchun. Olinish yoki berishi yashash sharoiti urfiga qarab. Biz tomonda yuqoridagidek, shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar er unga bir narsa yuborgan bo‘lsa-yu, xotin uni «hadya» desa, er «mahr» desa, erning gapi qabul bo‘ladi. Illo, emoq uchun tayyorlangan narsada uning gapi qabul qilinmay ular xotinga hadya bo‘ladi. ("Kifoya" kitobidan).
Azalda bu narsalar kelinga berilgan mahri muajjal, ya’ni mahrning naqd qismi bo‘lgan. Keyinchalik mahrning o‘zi unutilib ketgach u beriladigan narsaning nomini ham ishlatmasdan urfda joriy qilishavergan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar