Mast holatda taloq qilsa

Assalomu alaykum! Er ichkilikka berilgan. Bir kuni mast holatda ayolini uch taloq qildi, bunga farzandlari guvoh bo‘lgan, lekin buni yaxshi eslolmay tan olmadi. Er shariatni yaxshi tushunmaganligi sababli ayolidan yaqinlik talab qiladi. Shunda ayoli rad etsa gunoxkor bo‘ladimi? Er bu mavzuda begona guvoh bo‘lmagan, deb inkor etadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rad qilmasa gunohkor bo‘ladi. Chunki endi u ayol unga begona. Taloqni aytganida guvoh bo‘lishi shart emas, o‘zi eshitsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar