Tanishim islomda emas
Assalomu alaykum! Meni bir tanishim islom dinida emas. U islomni qabul qilsam bo‘ladimi deb bir xoji akadan so‘rasa “seni oilang xristian, sen musulmon bo‘lolmaysan” deb javob bergan ekan. Men bu noto‘g‘ri aytgan desam tushunmayapti. Iltimos javob beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil bo‘lganida qancha-qancha insonlar xristian dinida edi. Kimlarnidir otasi, kimlarnidir onasi va kimlarnidir farzandlari islomga kirgan. Qolganlari qolavergan. Islomni qabul qilganlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahoba bo‘lganlar. Hoji aka ilmsizlik bilan gapirib qo‘yibdi. Tez kalimani aytib musulmon bo‘lsin. Abadiy do‘zaxda qolishdan qutilsin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 05:34 | Savol-javoblar | 164 | Islam