Ro‘zg‘or buyumlarini qizg‘anish

Assalomu alaykum! Biz turmush o‘rtog‘imni amakilari bilan bir uyda turamiz. Amakimizni ayollari qo‘shnilar narsa so‘rasa yoqtirmagan qo‘shnilarga narsa bermay jerkib beradilar, ba’zilariga esa so‘ramasa xam menda bor deb beradilar. Hovlimizda supurgi o‘sadi, uni men o‘zim terib boyliman, qo‘shnimiz so‘rab chiqdi, ko‘p bo‘lsa bitta berin deb. Supurgi palakat deb bahona qilib bermadila. Yangiku beravering dedim yo‘q deb turibdilar, men o‘zim boylaganman deb so‘ramasdan olib berib yuborsam bo‘ladimi? Xovli uni shaxsiy mulki emas, lekin meniki ham emas. Xo‘jayinimning do‘dalaridan qolgan, qo‘shniga narsa bermaslik gunohku? 2). Supurgi palakat bo‘lsa changyutgich ham palakat bo‘lardi supurgi shunchaki uydan g‘uborlani tozalovchi vositaku yoki qo‘shniga berish mumkinmasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Oldingi solih onalarimiz odatda uy anjomlarini ikkitadan qilib olar edilar. O‘zlari uchun bitta qo‘shnilar so‘rab qolsa yana bitta edi. Shu bilan ular Alloh taoloning quyidagi oyatiga tushib qolishdan saqlanar edilar.  فَوَيْلٌ لِّلْمُصَلِّينَ۝  الَّذِينَ هُمْ عَن صَلَاتِهِمْ سَاهُونَ۝ 4. Bir «namozxonlar»ga vayl bo‘lsinki…
5. Ular namozlarini unutuvchilardir.
 الَّذِينَ هُمْ يُرَاؤُونَ۝ 6. Ular riyo qiladiganlardir.  وَيَمْنَعُونَ الْمَاعُونَ۝ 7. Va maa’uunni man qiladiganlardir.
«Maa’uun»ni ba’zi tafsirchilar zakot, deydilar, boshqalari esa xo‘jalikda kerak bo‘lib turadigan asbob-anjomlar, deydilar.
Islom satxiy, zohiriy narsalar dini emas. Balki ixlos va amal dinidir. Ibodatlar ixlos bilan bo‘lmasa, egasini yaxshi axloq va omillarga boshlamasa, haqiqiy bo‘lmaydi. Inson tili bilan «Musulmonman», deyishi, Islomiy amallarning ba’zilarini ado etishi, masalan, namoz o‘qishi ham mumkin, lekin haqiqiy musulmon bo‘lsa, iymon alomatlari uning yurish-turishida, muomalasida, gap-so‘zida, ishida, odob-axloqida – hamma-hammasida ko‘rinib turadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan «Maa’uun» surasi).
2). Supurgini palakat deb noto‘g‘ri e’tiqod qilmang. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:08 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar