Ko‘chada yurganda qiynalish

Assalomu alaykum! Ustozlar, meni qalbimni siqayatgan narsa shuki ko‘chada yurgan paytlarim oldimdan avratlarini ochib ko‘z-ko‘z qilib yurgan ayollarni ko‘rib qiynalib ketaman. Ba’zida shunday to‘xtatib ey Allohdan uyalmisanmi devorgim keladi. O‘zi etmaganday qolganlar xam unga xavas bilan qarab gunoxkor bo‘lyapti. Shu holatda men qanday hukmdaman? Shunday payt haqni aytolmayotganim uchun o‘zimni munofiqday xis qilib qolaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘iybat ikki qismga bo‘linadi. Biri rahmi kelgandek bo‘lib g‘iybat qilish. Ikkinchisi nafratlanib g‘iybat qilish. Barchamiz ko‘z yumib, o‘rni kelganda uqtirib, namozlardan keyin haqlariga duo qilib tursak isloh bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:11 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar