Azon eshitgandagi xolat
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, namozga azon aytilayotganda ko‘pchilikni o‘tirib olishini ko‘raman. Azon namozga chorlov xisoblanadi, azon aytilib tugaguncha o‘tirish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Azon islomning shiorlaridan hisoblanadi. Alloh taolo Islom shiorlarini ulug‘lashga buyurgan. Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi: ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ 32. Ana shunday. Kim Allohning nishonalarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu qalblarning taqvosidandir.
Biz ushbu oyat ma’nosida «nishonalar» deb tarjima qilgan ibora Qur’oni Karimda «shaoir» deb aytilgan. Bu «sha’iyra» so‘zining jami – ko‘plik shakli bo‘lib, «nishon», «belgi», «alomat» degan ma’nolarni bildiradi. Bu so‘z Alloh taologa nisbat berilib, «shaoirulloh» – «Allohning nishonlari» deyilganda esa Allohning dini, Islomning ko‘zga ko‘ringan, shon-shavkati alomati bo‘lgan ibodatlar ko‘zda tutiladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 155 | Islam