Ateist insondan bilim olsa joizmi?

Assalomu alaykum! Savolim shundan iboratki, Universitetda Sotsiologiya fanidan bizga dars beradigan ustoz Xudoga ishonmas ekan(ateist). Men Alhamdullilah musulmonman, u ustozning bilimi menga xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! G‘ayrdindan ilm olish joiz. Ammo uning so‘zlarida shirk bo‘ladigan bo‘lsa, bilib olish kerak. To‘g‘ri deb qo‘yilsa shirkka yo‘l qo‘yilgan bo‘lib qoladi. Ba’zi bir ingliz tilidan dars beradiganlar injilning tarjimasidan dars berishmoqda ekan. Uning ichida Alloh Qur’oni karimda va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hadislarida shirk deb aytgan gaplar bor.  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 162 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar