Do‘stimning gapi kufr emasmi?

Assalomu alaykum! Bir do‘stim Alloh hammani ko‘radi, meni esa ko‘rmaydi, hammani eshitadi, men esa eshitmaydi deb aytdi. Bu kufr emasmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida bu kufr so‘z, mo‘min kishi bu so‘zni aslo tilga olmasligi kerak. Ammo u insonning holatini o‘rganish kerak. Ko‘pdan beri biror narsaning duosini qilib, ijobat bo‘lmayotgan bo‘lsa, shunday deyayotgan bo‘lishi ham mumkin. Biz kofir bo‘libdi, deb hukm qilolmaymiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:15 | Savol-javoblar | 150 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar