Bir pulni boshqasiga almashtirganda foiz olsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! O‘zbekistondagi odamga boshqa yurtdagi ishini bitirishi uchun o‘sha mamlakatning puli kerak bo‘ladi. Lekin uning qo‘lida o‘sha pul emas, so‘m yoki dollar bor. Zarur bo‘lgan valyutani topib beradigan odam shu xizmati evaziga ikkala tomonni roziligi bilan ma’lum bir xaq olishi yoki oldindan kelishilgan foizni olishi mumkinmi? Olingan foiz ribo yoki harom bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilayotgan xizmatining hammasini tayin qilgani holda, ish haqini ham kelishib olishi kerak. Avval boshqa valyutaga almashtirilsa, unga sarroflik deyiladi. O‘sha narsani boshqa yurtga etkazib berish kerak bo‘lsa, bu ijaraga o‘sha ishni qilish bo‘ladi. Buning uchun ham alohida kelishib olinadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar