Otamning vafotlaridan keyin nima qilsam bo‘ladi?
Assalomu alaykum! Otam o‘tgan yili vafot etdilar. Rahmatli otajonim qabrda qiynalmay, qiyomatgacha rohatda yotishlari uchun, qo‘limdan keladigan eng to‘g‘ri ish nima?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Eng avvalo, odamlardan qarzlari bo‘lsa ularni uzish kerak. Ikkinchisi, namoz va ro‘zalardan qoldirganlari bo‘lsa ularni fidyalarini to‘lash va doimo “Isro” surasining quyidagi oyatini o‘qib yurish. وَاخْفِضْ لَهُمَا جَنَاحَ الذُّلِّ مِنَ الرَّحْمَةِ وَقُل رَّبِّ ارْحَمْهُمَا كَمَا رَبَّيَانِي صَغِيرًا 24. Ikkovlariga mehribonlik ila xokisorlik qanotingni pastlat va: «Robbim, alar meni kichiklikda tarbiya qilganlarideq ularga rahm qilgin», – deb ayt. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 125 | Turli savollar