Bilet olishdagi holat

Assalomu alaykum! Ishxonamda 3 kishi Buxoraga safar uchun poezdga bilet olish uchun maslahat qilib 1 kunda oladigan bo‘lishdi. Bir bola hammaga online tarzda bilet sotib olgan. Keyin jo‘nab ketish uchun 1 kun qolganda bitta bola bilet xato sanaga olinganini bilib qolishdi. Keyin biletni olgan bola Buxoroga boradigan biletni qaytaram deb qaytish biletniyam qaytarishga bosib qo‘ygan(u to‘g‘ri sanaga olingan). Xullas borish va qaytishni online tarzda qaytarishga bosgan. Bu xolatda har bitta biletga N summa olib qolinadi shtraf tarzda. Biletni olib bergan bola N summani qolganlarga to‘lab berishi kerakmi? Bu sherikchilikka kiradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biletni olib bergan kishi pul egalarining vakilidir. Vakil beparvolik qilgan yoki haddidan oshgan bo‘lsa shu tufayli keladigan zararni qoplab beradi. Vallohu a’lam!

7 Oktabr 2022, 10:34 | Savol-javoblar | 101 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar