Baliqni qurt bilan boqish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, do‘stimning iltimosiga binoan savol yo‘llamoqdaman. Uning aytishicha hovuzdagi boqilayotgan baliqlarga go‘shti harom hayvonlar, jumladan it, eshshak go‘shtini qurtlantirib boqilar ekan. Bu mavzuda izlash bo‘limidan foydalandik, lekin aynan biz izlagan mavzuda topilmadi. Bu usulda boqilgan baliqni istemol qilish mumkinmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Iste’mol qilish joiz. Chunki u narsalar eyilgach asliy holati qolmay, baliq go‘shtiga aylanadi. Bunga ulamolarimiz avvalda tuz konlarida ishlagan eshaklar tuz konida o‘lib qolsa o‘sha joyga ko‘mib ketishaverganni misol qilishadi.  Yillar o‘tib ular tuzga aylanib ketgan va o‘sha tuzlardan foydalanish halolmi degan savolga fuqaholarimiz halol deb fatvo berishgan. Fiqhda “Bir narsaning mohiyati butkul boshqa narsaning mohiyatiga o‘zgarib ketsa o‘zgarganning hukmini oladi” degan qoida bor. Masalan tezaklarni ham yoqilganda kulga aylansa kul pok hisoblanadi. Ammo jonvorlarga bu kabi nopok narsalarni edirish ishi joiz emas. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar