Qur’on tilovati va riyo

Assalomu alaykum! Qur’on qiroatini o‘rganishni boshlaganimga uch oydan oshdi. Alhamdulillah yaxshi natijalarga erishdim. (Allohni fazli sababidan albatta) Hammasi yaxshi ketayotgan edi ushbu hadisni o‘qigunimga qadar. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: – Jubbul hazandan Alloh panoh (berish)ini so‘ranglar! – dedilar. – Yo Rasululloh, jubbul hazan nima? – deb so‘rashdi odamlar. – (Jubbul hazan) jahannamdagi bir vodiy. Jahannam(ning o‘zi) bir kunda yuz marta undan panoh so‘raydi. – Yo Rasululloh, unga kimlar kiradi? – Riyokor qorilar. “Qur’on qalblar shifosi” kitobidan odamlar tomonidan “yaxshi o‘qiyapsiz, ovozingiz yaxshi ekan” degan gaplar meni xursand qiladi. Do‘stlarimiz bilan namoz o‘qiydigan bo‘lsak odatda imomlikka men o‘taman. Shunda uzunroq suralarni o‘qib qiroatni uzoq davom ettirgim keladi. Darslarda va odamlar orasida Qur’on o‘qiganimda qalbimda hayajon, xato qilib qo‘yishdan qo‘rqish paydo bo‘ladi, lekin yolg‘iz o‘zim o‘qiganimda unday emas. Axir bular hammasi riyo emasmi? Judayam qo‘rqib ketmoqdaman. Jahannamni o‘zi ham panoh tilaydigan “Jubbul xazan”ni azobiga qanday ham bardosh berish mumkin. Axir bunga inson zotini toqati etmaydiku? Nima qilay? Mendagi holatlar riyodanmi? Qanday qilib undan chetda bo‘lish mumkin? Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! O‘qiyotganingizda o‘sha Jubbul hazanni esga olib o‘qing. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:55 | Savol-javoblar | 175 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar