4 rakatli namozni 5 rakat qilib qo‘yish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Asr namozining farzini 4 rakat o‘qib bo‘lib 5-rakatga bilmasdan turib olsa namoz buzladimi yoki 5- rakatni o‘qib davom ettirsa bo‘ladimi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 4-rak’atdan keyin qa’daga o‘tirib tashahhud o‘qigan bo‘lsangiz namozingiz to‘liq bo‘lgan bo‘ladi. 5-rak’atga turib ketgan bo‘lsangiz qaytib o‘tirib oxirida sahv sajdasini qilasiz. Tashahhudga o‘tirmagan bo‘lsangiz ham qaytib o‘tirasiz. Tashahhudga o‘tirmay 5-rak’atga turib, qiroat qilib va sajdani ham qilib qo‘ygan bo‘lsangiz namozingiz buzilib, qaytadan o‘qishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 159 | Ibodatlar