Uy egasiga boshqa narx aytsa xiyonat bo‘lmaydimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men ishlab chiqaruvchi tadbirkorman. Yaqinda bir odam meni qo‘ng‘iroq qilib uy manzilini aytdi va "Men uy egasi emasman siz boring va uy egasiga maxsulotingizni qimmatroq aytasiz. Mijoz rozi bo‘lsa ustidagi pul meniki" (masalan maxsulotim 1000 so‘m bo‘lsa 1300 so‘m deysiz) deb aytdi. Men rozi bo‘ldim, mijoz uyiga borganimda mijoz bu maxsulotni boshqa bir odam 1000 so‘mga qo‘yib beraman deb aytdi va siz xam shu narxdan qilib bersangiz roziman, bo‘lmasa kerak emas dedi. Men 1-so‘ragan odamga bu ish xaqida aytsam u unday bo‘lsa qilib bermang deydi. Bu xolda qanday yo‘l tutganim ma’qul? Bunday xolat tez-tez qaytariladigan bo‘ldi. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tahorat oldilar. Shunda sahobalar tahorat suviga shoshildilar. Kimdir Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo‘llaridan tushgan suvni yuzlariga surtdi, kimdir ichdi yana kimdir nimalar qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Nega bunday qilyapsizlar” deb so‘radilar. “Sizga muhabbat qilganimiz uchun” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Men sizlarga bir amalni aytaymi, uni qilsalaringiz Alloh va rasuliga muhabbat qilgan bo‘lasizlar va sizlarning muhabbatingiz Alloh va rasulining nazdida maqbul bo‘lib Alloh va rasuli ham sizlarni yaxshi ko‘radi” dedilar. “Ha ya Rasululloh” deyishdi. “Uch amal bor. Shuni qilsalaringiz Alloh va rasuliga muhabbat qilasizlar, Alloh va rasuli ham sizlarga muhabbat qiladi. 1-gapirsangiz faqat rost gapiring. Ya’ni hech qachon yolg‘on gapirmang. 2-omonatga xiyonat qilmang. Ya’ni hech kimsa haqqida makkorlik qilmang. 3-qo‘shningizga yaxshi muomalada bo‘ling” dedilar. Yana bir hadislarida “Mo‘min yolg‘onchi bo‘lishi mumkin emas” dedilar. Yana bir hadislarida “Mo‘min mo‘minning haqqiga xiyonat qiladigan makkor bo‘lmaydi” dedilar. Afsuski hozirgi kunda yolg‘on gapirish, boshqalarni molini nohaqdan qo‘lga kiritish mahorat bo‘lib qoldi. Xususan mashina bozorlarida, mol bozorlarida, korxona va zavodlarda va yana hozirgi tilda aytilganda prorab bo‘lib ishlovchilar xonadon egalariga buyurtma berganlarni haqqini makkorlik bilan o‘g‘irlashmoqda. Do‘kondan oladigan narsalarning ro‘yxatini tuzib berilsa do‘konchi bilan kelishib uy egasini haqqini o‘maryapti. Ustalar bilan til biriktirib uy egasini haqqini o‘maryapti. Siz kabi hunarmandlar o‘rtasiga tushib mijozning haqqini o‘g‘irlayapti. Eng achinarlisi o‘sha urib qolvuchilarni ma’lum bir yil o‘tib badaniga pes tushmoqda, rak kasaliga duchor bo‘lmoqda, o‘g‘irlab edirib katta qilgan bolasi kuydirmoqda. Qizi erdan ajrashib kelib buzuqlik yo‘liga kirib ketmoqda. Xotini o‘zgalar bilan harom aloqaga kirib ketmoqda. Balarning barchasining gunohi esa makr qilganning zimmasida qoladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:16 | Savol-javoblar | 129 | Moliya va tijorat