Gunohdan tavba qilish
Assalomu alaykum! Ustozlar, inson qilgan gunohlariga qattiq tavba qilib, namozga kirib, savob amallarni qilsa, Alloh u odamni pok insonlar qatoriga qo‘shadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Furqon” surasida marhamat qiladi: إِلَّا مَن تَابَ وَآمَنَ وَعَمِلَ عَمَلًا صَالِحًا فَأُوْلَئِكَ يُبَدِّلُ اللَّهُ سَيِّئَاتِهِمْ حَسَنَاتٍ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَّحِيمًا 70. Magar kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa, bas, Alloh ana o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur. Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir.
Yuqoridagi oyatdan «Mazkur gunohlarni qilganlar tamoman umidlarini uzar ekanlar-da» degan ma’no chiqib qolmasligi uchun ushbu oyatda tavba eshigi doimo ochiqligi bayon qilinmoqda. O‘sha uqubatdan mustasno bo‘ladiganlar ham bor ekan. Unday odamlar qatoriga
«…kim tavba qilsa, iymon keltirib, solih amal qilsa», o‘sha kiradi.
Ya’ni qilgan gunohidan tamomila qaytsa, ikkinchi bor qilmasa, iymon keltirib, mo‘min bo‘lsa va iymon taqozosiga ko‘ra solih amal etsa, mazkur azobga duchor bo‘ladiganlardan mustasno bo‘ladi. Vaqtida qilgan xatosini anglab, tavba etgan, iymon keltirib, solih amal qilgan bandalarni Alloh taolo munosib taqdirlaydi.
«…bas, Alloh ana o‘shalarning yomonliklarini yaxshiliklarga almashtirur».
Allohning fayzini, marhamatini qarang! Yaratgan bandasi nonko‘rlik qilsa, Unga shirk keltirishdek ulkan zulmni amalga oshirsa, Uning amriga isyon qilib, odam o‘ldirsa yoki zino qilsa-yu, so‘ngra tavba etib, iymon keltirib, solih amal qilsa, uning gunohlarini savobga almashtirib qo‘ysa! Bundan ham ortiq mag‘firatlilik, bundan ham ortiq rahmlilik bo‘ladimi?!
«Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir».
Alloh mag‘firatli va rahmli bo‘lgan Zotdir.
Bo‘lmasa, tavba etib, iymon keltirib, solih amal qilganlarning yomonliklarini yaxshilikka almashtirmas edi.
Imom Tobaroniy rivoyat qilgan hadisda aytilishicha:
«Abu Farva Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
– Ayting-chi, bir odam hamma gunohlarni qilgan bo‘lsa, kattayu kichigini qo‘ymagan bo‘lsa, tavba qilsa bo‘ladimi? – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Islomga kirdingmi?! – dedilar. U:
– Ha! – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Yaxshiliklarni qilaver. Yomonliklarni tark et. Alloh senga hammasini yaxshilik qilib beradi, – dedilar. U:
– Aldamchiliklarimu fojirliklarimni hammi?! – dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
– Ha! – dedilar.
U takbir aytib («Allohu Akbar!!!» deb), qaytib ketdi. Ko‘zdan ko‘rinmay qolguncha takbiri eshitilib turdi».
Lekin bunday holga erishish uchun tavba haqiqiy bo‘lishi zarur. Shuning uchun ham bu haqiqat kelasi oyatda yana bir bor ta’kidlanmoqda: وَمَن تَابَ وَعَمِلَ صَالِحًا فَإِنَّهُ يَتُوبُ إِلَى اللَّهِ مَتَابًا 71. Kim tavba qilib, solih amal qilsa, u, albatta, Allohga (haqiqiy) qaytish ila qaytadir.
Tavba qilish gunohga afsus-nadomat chekish bilan boshlanadi. So‘ngra o‘sha gunohni qaytarmaslikka dilda qattiq ahd qilinadi. Keyin bu ahd dilda tasdiqlanadi. Tavbaning haqiqiy yoki soxta ekani uning e’lonidan keyingi amaldan bilinadi. Agar e’londan keyingi amal solih – yaxshi bo‘lsa, tavba haqiqiy, yomon bo‘lsa, tavba soxta bo‘ladi. Chunki gunoh ham faqat niyat emas, balki qilingan amaldir. Shuning uchun tavba ham amalsiz bo‘lmaydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:17 | Savol-javoblar | 164 | Turli savollar