Erga to‘kilgan yong‘oq hammanikimi?
Assalomu alaykum! Arzimas savol bilan vaqtingizni olaman, ming bor uzr. Ruslarning uyida yonma-yon qo‘shni bo‘lib onam bilan ijarada yashaymiz. Darvozamiz oldidagi yong‘oqlar har kuni to‘kiladi. Onam tongda erta turib to‘kilgan yong‘oqlardan terib kelishni odat qilganlar. Yon qo‘shnimiz ham ijarada yashaydi, ularning ham yong‘oqlari to‘kilib turadi. Ulardan ham terib kelyaptilar. Menimcha bu ish to‘g‘ri emas. Gapirsam "ko‘chaga to‘kilgan, u hammaniki", – deyaptilar. Maslahat bering, qanday tushuntirsam bo‘ladi, o‘zi bu holatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ko‘chaga ekilgan daraxtlar ekkanning mulki hisoblanadi. Egasining roziligisiz olish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom