Beso‘roq olingan narsani qaytarish haqida

Assalomu alaykum! Mening bir tanishim so‘rab berishimni iltimos qildi. Agar bir inson 9-10 yoshlar atrofida birovning narsasini olish gunoh ekanligini bilmasdan, beso‘roq birovning narsasini olsa va hozirgacha esida bo‘lsa-da, ammo u insonni tanimasa, bilmasa va o‘sha narsa hozirgacha ham bo‘lsa, bu gunoh hisoblanadimi? Agar hisoblansa, bu narsani nima qilmoq lozim? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Gunoh yozilmaydi, lekin balog‘atga etgach o‘sha narsani ayni o‘zini yoki qiymatini qaytarib berishi shart bo‘ladi. Topish masalasida "Izlash xizmati"dan foydalaning. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:07 | Savol-javoblar | 171 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar