Ota-onaning maqomi o‘zgarmaydi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishimga onasidan arazlab yurishi gunoh ekanligini, onasi yomon xulq egasi bo‘lsa ham yaxshi gapirib, munosabatni yo‘lga qo‘yib olishini aytsam-da, u onasidan arazlab yuribdi. "Siz onam bilan bo‘lib o‘tgan ishni bilmaysiz" deb, onasiga arazlab, gapirmay yurishda davom etyapti. Hurmatli ustozlar, shu holat bo‘yicha javob bersangiz. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-ona muhokama qilinmaydi. Ular hech qachon o‘zlarining maqomlaridan tushmaydilar. عَنِ الْحَسَنِ أَنَّ ابْنَ عُمَرَ رَأَى رَجُلاً يَطُوفُ بِالْبَيْتِ، حَامِلاً أُمَّهُ، وَهُوَ يَقُولُ لَهَا: أَتَرَيْنِي جَزَيْتُكِ يَا أُمَّه؟ فَقَالَ ابْنُ عُمَرَ: أَيْ لَكَعُ، لاَ وَاللهِ وَلاَ طَلْقَةً وَاحِدَةً  Hasandan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umar bir odamning onasini ko‘tarib olib Baytullohni tavof qildirib yurganini ko‘rdi. U:
«Ona! Nima deysiz? Sizning haqqingizni ado qildimmi?» – dedi.
Bas, Ibn Umar:
«Hoy, esi past! Yo‘q! Allohga qasamki, bir to‘lg‘oqning haqqini ham», – dedi.
Sharh: Avvalgi rivoyatga o‘xshash bir rivoyat. Faqat, bu rivoyatda farzand savolni onaga bermoqda va javobni Ibn Umar roziyallohu anhu bermoqdalar.
Bundan farzand har qancha urinsa ham ota-onaning haqqini to‘liq ado eta olmasligi ma’lum bo‘ladi. (“Yaxshilik va silai rahm” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:20 | Savol-javoblar | 152 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar