Uy atrofini o‘rash
Assalomu alaykum! Xozirgina bir domlani gapini eshitib koldim; Emishki Kim uyini oldini reshetka-panjara bilan o‘rab olsa unga Allohni lanati yog‘ilarmish. Shu gap juda qattiq tegdi menga. Reshetka-panjara bilan o‘ralmagan uy yo‘qku qishloq joylada? O‘ramasa mol-qo‘yla uzummi, olma, olchami yo yana boshqa narsalani payxon qiladiku! Panjara bilan o‘ragan bo‘lsak odamladanmas mol qo‘y echki itladan ximoyalaganmiz. Panjarani balandligi tizza baravar, odam uchun to‘siq emasku bu? Ko‘chadan o‘tgan bolami yoki kotta odammi eshigimizdagi olma uzum urik olcha yo boshqa narsadan bir dona olib esa xursand bo‘lamiz, yaxshi ekan, odamlaga yoqdi deb. Endi shu panjara uchun qishloq ahlini xammasiga Allohni lanati yog‘iladimi? Yoki domla ozgina oshirvordilami, shuni tushuntirib qo‘ysanglar iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘z eriga to‘siq (panjara) qo‘yishning zarari yo‘q. O‘zganing eriga to‘siq qo‘yish uning erini tortib olishdir. O‘zganing erini tortib olgan va o‘zlashtirganlar Allohning la’natiga va qiyomatda og‘ir azobga duchor bo‘ladilar.
Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda bunday aytilgan:حَدَّثَنَا أَبُو الطُّفَيْلِ عَامِرُ بْنُ وَاثِلَةَ، قَالَ: كُنْتُ عِنْدَ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ، فَأَتَاهُ رَجُلٌ، فَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيْكَ، قَالَ: فَغَضِبَ، وَقَالَ: مَا كَانَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يُسِرُّ إِلَيَّ شَيْئًا يَكْتُمُهُ النَّاسَ، غَيْرَ أَنَّهُ قَدْ حَدَّثَنِي بِكَلِمَاتٍ أَرْبَعٍ، قَالَ: فَقَالَ: مَا هُنَّ يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ؟ قَالَ: قَالَ: لَعَنَ اللهُ مَنْ لَعَنَ وَالِدَهُ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ ذَبَحَ لِغَيْرِ اللهِ، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ آوَى مُحْدِثًا، وَلَعَنَ اللهُ مَنْ غَيَّرَ مَنَارَ الْأَرْضِAbu Tufayl Omir ibn Vosila aytadi:
«Aliy ibn Abu Tolibning huzurida edim, bir kishi kelib, unga: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam sizga nimalarni sir qilib aytganlar?» dedi. Uning (Aliyning) jahli chiqib, «Nabiy sollallohu alayhi vasallam menga hech narsani odamlardan yashirib aytmaganlar. Lekin u zot menga to‘rt narsani aytganlar», dedi. Shunda u: «Ey mo‘minlarning amiri! Ular nimalar edi?» dedi. (Aliy) shunday dedi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otasini la’natlaganni Alloh la’natlasin. Allohdan boshqaga atab qurbonlik qilganni Alloh la’natlasin, bid’atchiga boshpana berganni Alloh la’natlasin, er belgisini o‘zgartirganni ham Alloh la’natlasin», deganlar».
* Er belgisi – er maydonining hududini, chegarasini belgilovchi narsa. Er belgisini o‘zgartirish deganda belgilangan hudud yoki er maydonining chegarasini o‘zboshimchalik bilan, o‘z foydasiga o‘zgartirib olish tushuniladi.حَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ: أَنَّ أَبَا سَلَمَةَ حَدَّثَهُ أَنَّهُ كَانَتْ بَيْنَهُ وَبَيْنَ أُنَاسٍ خُصُومَةٌ، فَذَكَرَ لِعَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، فَقَالَتْ: يَا أَبَا سَلَمَةَ، اجْتَنِبِ الْأَرْضَ، فَإِنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «مَنْ ظَلَمَ قِيدَ شِبْرٍ مِنَ الْأَرْضِ طُوِّقَهُ مِنْ سَبْعِ أَرَضِينَMuhammad ibn Ibrohim bunday so‘zlab berdi:
«Abu Salamaning aytishicha, u bilan bir guruh odamlar o‘rtasida (bir er xususida) da’volashuv bor ekan. U buni Oisha roziyallohu anhoga aytgan ekan, u: «Ey Abu Salama, erdan uzoqroq bo‘l. Chunki Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir qarich erni nohaq o‘zlashtirib olsa, uning bo‘yniga etti qavat er osib qo‘yiladi», deganlar», dedi». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
6 Oktabr 2022, 18:14 | Savol-javoblar | 117 | Turli savollar