Zinodan saqlanib

muhtaram ustoz!Savolim biroz g‘alati kurinsada berishga majburman.Zinodan saqlanish maqsadida biron rus qizni uzimga joriya qilib olsam degandim.Talabaman, uylanishga hozir moddiy imkoniyatim yuq. Qiz menga uzini joriya etib bag‘ishlaydi va u bilan ehtiyoj uchun uchrashib turmoqchiman, boshqa vaqtlar uning hayotiga aralashmayman.Shariat ruxsat beradimi?Avvaldan savolim uchun uzr surayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bunday ishga shariat mutlaqo ruxsat bermydi. Joriya degani qul ayol degani. Qullik tamom bo‘lganiga ko‘p vaqt o‘tdi. Ozod odamni qul qilib olish mumkin emas. Zinodan saqlanish uchun boshqa shar’iy choralar ko‘rish kerak.

28 Aprel 2022, 02:28 | Savol-javoblar | 200 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar