Er va ayolni bir xonada namoz o‘qishi

Assalamu alaykum! Oldin javob berilgan quyidagi javob yuzasidan bir savol tug‘ilyapti: "Shayx hazratlari! Agar er xotiniga imom bo‘lib namoz o‘qisa, xotin erining qaysi tarafida turadi? O‘ng tomonidami yoki orqasida? Javob: – Orqasida.‎ bitta uyda o‘qisa bo‘ladi. Ammo yonma yon, ayolning biror a’zosi sajdada erning biror a’zosi barobarida bo‘lsa, ikkisining ham namozi buziladi." To‘g‘ri tushungan bo‘lsam, bu, ayolning erga iqtido qilgan xolatida. Endi, agar er va ayol bir xonada, lekin alohida namoz o‘qiganda, ayolni biror a’zosi sajdada erning biror a’zosi barobarida bo‘lsa xukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Kifoya" kitobidan o‘qing. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:40 | Savol-javoblar | 173 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar