Sherikchilik savdosi

Assalomu alaykum! Alloh dinimiz yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizga baraka va ulkan ajrlarni bersin! Shaxzod aka bilan Azim aka sherikchilikda ish boshlashdi. Ishni yurg‘izuvchi asosiy sherik Shaxzod aka. Meni ismim Zarifjon. Ular meni do‘koniga sotuvchi qilib ishga oldi. Do‘konimizda maxsulot ko‘p. Lekin gohida ba’zi mahsulotlar tugab, mijoz so‘rab kelganda topib berolmayman. Mijozni kuruq ketkizmaslik uchun, o‘zimizda 30 so‘mdan sotiladigan mahsulotni boshqa do‘kondan 25 so‘mga olib, kelgan mijozga 30 so‘mdan sotaman va foydaning ko‘proq qismini do‘kon kassasiga qolgan qismini o‘zimga olib qolaman. Bu ishimdan Shaxzod aka va Azim aka foyda ko‘rishmoqda. Bu ishim haqida Azim akaga aytganimda rozi bo‘ldi. (Chunki, u kishi bilan boshqa tijoratda sherikman. Shunga rozi bo‘lgan). Lekin ish yurg‘izuvchi asosiy sherik hisoblangan Shaxzod akaning xabari yo‘q. Bilib qolsa bu ishimga rozi bo‘lmaydi. Savol: Meni mana shu qilayotgan ishim shariatga zid emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz kelganlarga “Bizda yo‘q qo‘shni do‘konda bor” deyishni o‘rganing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar