Ota "alkash" bulsa nima kilish kerak?

Assalomu alaykum xurmatli Ustoz!ALLOX(j/j) dunyo va oxirat xayotingizga yaxshilik ato etib, uzi sizdan rozi bulsin.Ustoz sizga bir birodarimning iltimosiga binoan savol yullamokdaman, kimmatli vaktingizni olayotganimiz uchun rozi buling. Ustoz u birodarimning uzi xozir Rossiyada va ibodatda mustaxkam yigit. Uning aytishicha dada(ota)si uzluksiz ravishda arok ichar ekan, tuxtatmasdan arok ichganidan xattoki biroz jinni xolga kelib kolibdi. "Uyimizda xar kuni janjal, onam bechorani kup azoblaydi, kup uradi, xattoki kup urayverganidan kasallanib otamdan bezib kolgan" deydi. Yakinda uyiga telefon kilsa otasi belidan pastiga kiyim kiymasdan, akasiga jinsiy a’zosini kursatib, sukib uyidan xaydabdi va akasining orkasidan kuchaga chikib, kuchadagi odamlarga jinsiy a’zosini kursatmokchi bulibdi(xuddi yosh gudak singari). Akasi kaytarsa xam kaytmabdi, shunda akasi dadasining belidan kisib tutib olib xonasiga olib kirgazgan ekan otasi akasiga "sen meni urmokchi buldingmi, xudo ursin seni, xor bul" deb kargabdi. "Ukam dadamga arok olib kelib berish xaromligini biladi, ammo olib kelib bermasa mashinasani bolta bilan chopib tashlayman, uzingni xam rasvo kilaman deydi. Uzi oilaga asosiy daromadni ukam taksislik kilib topadi. Kup ichganligidanmi ba’zida dadamning kuziga yosh bolacha, boshka kandaydir odamlar kurinib ketarkan, biror domlaga ukitib kelaylik desak, karshilik kilib turib oladi, bir kuni otam ichib mast bulib, onamni "uch talok" kilib, men bunaka gap aytmadim deb onam bilan yana yashab yuribdi. Maxallada bosh kutarib yurolmaymiz, xamma bizning oila kandayligini yaxshi biladi, bizda xam nafs bor uylanish yoshimiz etib kelgan, kulimizdan kelgunicha shaxvatni kesish maksadida ruza tutamiz, ammo kachongacha, biz tengilar farzandlik bulishgan, bizning xam uylanishga kurbimiz etadi, lekin kim bizga kizini beradi, kim otamga uxshagan odam bilan kuda bulgisi keladi, kelgan kelinni xam ikki kunda uydan kuvib xaydaydi. Urib-sukib bulmasa, yaxshi gapirsak, tugri tushuntirsak tushunmasa, doim duodaman, ALLOX(j/j)dan umid kilamiz. Bizdan uzokrok joyda shunday ichuvchilarni davolash markazi bor ekan, lekin u erga junatish uchun militsiya xodimlariga arznoma bersa uzlari olib ketar ekan, davolash muddati uch oy. Buni xam aytsak, otam "agar meni u yokka junatsalaring kochib kelib bulsa xam xammangni uldirib, uyni yokib yuboraman" deb aytadi, nima kilishga boshimiz kotgan" deb birodarimiz suzini tugatdiUstoz men unga gapi utadigan, kattalarni urtaga solinglar desam, birodarim "bu xarakatlar kilindi, xech kimning gapini olmaydi" dedi. Ustoz savolimiz shuki 1. Birodarimning otasining akasiga kilgan badduosi kabulmi? Chunki akasi uylanib kolibdi otam meni kargadi deb.2. Bu birodarlarimiz shunday vaziyatda kanday yul tutishsin?Ustoz shu birodarimizning va oilasining xakkiga duo kiling, shoyad ALLOX(j/j) yorlakasa. Kimmatli vaktingizni olganimiz uchun uzr, rozi buling. Savoldagi xatolarim uchun xam uzr surayman. Javobingiz uchun oldindan raxmat. ALLOX(j/j) sizdan va jumlamizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur otaning duosi qabul bo‘lmaydi. Akasi hech o‘ylanmmasin.- Alloh u otaga shifo, aql va iymon va Islom bersin.- Uni majburiy shifoxonaga yuborish chorasini ko‘rish kerak.

30 Aprel 2022, 21:20 | Savol-javoblar | 169 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar