Sababchi bo‘layin

Assalomu alaykum! Oilamiz-da, hech kim Namoz o‘qimaydi. Lekin Onam, akam va men bilamiz. Otam va singlim bilishmaydi. Bu gapim qo‘pol bo‘lsa-da, lekin oilamdagilani do‘zaxda ko‘rishlik bu menga do‘zaxdanda daxshatliroq. Sizlardan iltimos ularni jannatga kirishlariga men sababchi bo‘lishligim mumkinmi?! Men hammasiga tayyorman. Menga maslaxat beringlar? Yaxshi ko‘rgan insonlarimni jannatda, yorug‘ yuzda ko‘rishni istayman. Yana bir iltimosim boridi? Iymonimni qanday kuchaytirsam bo‘ladi? Shaytondan qanday himoyalansam bo‘ladi? Nima ish qilsam u menga umuman yaqinlasha olmaydi (menga zarar etkaza olmaydi?) Yaxshilik ham, yomonlik ham faqat Allohdandir. Bu dunyoda ham, u dunyoda ham, bizlarga Allohni yaxshiligini istayman! Buning uchun qanday amal bor? Iltimos shu ichala savolimga batafsil javob beringlar? Meni yomon yo‘ldan qaytkanim, silarni jannatga qo‘yilgan qadamingiz bo‘lsin In Sha Alloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Inson nasihat qilmoqchi bo‘lgan barcha kishilarning oldida suyukli bo‘lishi kerak. O‘zgalarga nasihat qiladigan, ta’lim beradigan va ularni aytgan gaplariga amal qilishini xohlaydigan inson avvalo yaxshi ilmga ega bo‘lishi kerak. Har bir bilgan narsasiga amal qilishga harakat qilishi kerak. Eng muhimi ularga yaxshi gapirib, muhabbatini qozona olishi kerak. Chunki hikmatlarda “Kimni yaxshi ko‘rsang uni har bir so‘zi va amallari senga chiroyli bo‘lib ko‘rinaveradi” deyilgan. Qolaversa banda Alloh bilan o‘zining o‘rtasini isloh qilsa Alloh u bilan boshqa bandalar orasini ham isloh qilib qo‘yadi. Buning uchun biroz vaqt ham kerak bo‘ladi. Surunkali kasallik davolanishi qiyin va uzoq muddat talab qilganidek gunohlar ham surunkali bo‘lib qoladi, tark qilishi uchun uzoqroq muddat kerak bo‘ladi. Buning uchun yonidagi tabiblik vazifasini bajarayotganlar biroz sabr qilishlar kerak bo‘ladi. Oddiy kasallikni davolash uchun tabobatdan ilm va tajriba zarur bo‘lganidek, gunoh kasalini davolamoqchi bo‘lganlarda ham davolash ilmi va tajribasi bo‘lishi kerak. Aks holda sizga o‘xshab qo‘pollik qilib qo‘yadi, gunoh kasalligini zo‘raytirib yuboradi. Siz ilm o‘qing. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:22 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar