G‘ayridinlardan foiz olish

Mazkur savollar juda muhim va mening hayotimda voqe’likda mavjudligi uchungina so‘rayapman. 1) G‘ayridinlarga foizga pul bersa bo‘ladimi? 2) Ribo mollari toifasiga internet tarmog‘idagi shartli elektron pullar kiradimi? Misol uchun men 100 elektron pul belgisini boshqa odamdan internet tarmog‘i orqali olib, 1 oydan keyin 110 internet puli qaytarsam ribomi? 3) Menining nomimga 15 yilga ipoteka krediti olingan. Men bunga qarshiman, ammo otam shariat masalalarini tushunishni hohlamaydi. Ushbu uyga bizning hech qanday ehtiyojimiz yo‘q. Har oyda mening ish haqimdan mazkur uyga kreditni qoplash uchun mablah to‘lanmoqda. Mening oldimda 2 ta yo‘l bor. 1 chisi uydan voz kechib, pulni to‘lamay quyish. Unda otam tomonidan boshida to‘langan 35 mln atrofidagi pul kuyadi va uyimda otam bilan katta janjal bo‘lishi tayin. 2 chisi to‘lashni davom etish. Bunda shariat buzilayotganligi meni qiynayapti, chunki ushbu uyning menga umuman keragi yo‘q, ehtiyojim ham yo‘q. Hozir kredit to‘lik to‘lanmagunga qadar mazkur uyni boshqa odam nomiga o‘tkazib bo‘lmaydi. Iltimos, yordam bering nima qilay? ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 - Avvalo savolni bitta berish kerak. Qolaversa, hamma savolga bir javob hammasi joiz bo‘lmagan ishlardir.

27 May 2022, 00:04 | Savol-javoblar | 174 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar