Turmushga chiqsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Man 4 yildan beri erim bilan yashamayman, u boshqa shaharda yashaydi. Man 33 yoshdaman, toshkenda bolam bilan yashayman, mandan ajrashaman deb imzo chektirib oldi, mana 4 yil bo‘ldi yo‘q, ajrashmadi. Man ota onamkidaman, 2,5 yosh bolamni o‘zim katta qivoman, yordam qimidi. Hozirda bir inson bilan gaplashvoman, yaxshi inson u bilan oila qursam bo‘ladimi? Maslahat bering qiyin ahvoldaman, 4 yildan beri yashamiman erim bilan, manam boshqa yaxshi oilam bo‘lishini xohliman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avval talog‘ingizni oling. Eringiz bir og‘iz ajrashdim deganida edi, taloq tushgan bo‘lar edi. Hozir bo‘lsa ham boshqasiga turmushga chiqishdan oldin taloq olib iddangizni o‘tirishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar