Qo‘ydim, boshing ochiq, endi bo‘shsan deb aytgandan keyin
Assalomu alaykum! Er yillar davomida "qo‘ydim, boshing ochiq, endi bo‘shsan" deb aytgan. Ayol ohirgi kunlari bunga chidolmay idda ham saqladi. Idda vaqtida ham ket uydan deb katta janjal qilgan. Haromsan menga, kimga tegsang teg deb ko‘p bora aytgan. Shayx hazratlari "hayotingiz davomida qo‘ydim deb 3 marta aytmagan bo‘lsangiz nikoh o‘qitsangiz joiz" deganlar. Men ko‘proq Hazratimizning fatvolariga tayanib ish tutganman. Ammo ba’zi domla aytyabdiki, sizga bir marta qo‘ydim degan bo‘lsa sizga bir taloq tushgan va nikoxingiz buzilgan. Qayta aytgan taloqlar o‘tmaydi deb aytyabdi. Farzandlarimning otasi meni qaytarmoqchi. Ammo men Allohdan qo‘rqyabman. Shayximiz "hayotingiz davomida 3 marta" deb aytyabdilar. Iltimos menga maslahat beringlar. Qiyin ahvolda qolgan dindoshingizni savoli sizlarni befarq qoldirmaydi degan umiddaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Idda vaqtida aytilingan taloqlar ham tushadi. Bir taloq ortidan o‘rtada nikohlanmasada idda chiqmagunicha necha taloq qo‘yilsa barchasi tushadi. Taloq masalasi juda nozik bo‘lib, ko‘plab domlalar ham bu borada haqiqatni ajratolmay qoladi. Bu umr vaqtincha harom ishga qo‘l urmang. Eng asosiysi Allohning roziligi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:23 | Savol-javoblar | 177 | Oila va turmush