Qayta tirilish
Assalomu alaykum! Qayta tirilishga, to‘g‘ri iymon keltirishga aqlim ojizlik qilayapti. Biz vafot etganimizdan so‘ng oxiratgacha ruhlar olamida bo‘lib oxiratda qayta tirilamizmi yoki o‘lganimizdan so‘ng yana qayta tirilib, keyin yana o‘lib yana tirilib... oxiratgacha shu tartibda olib tirilamizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dumg‘aza mo‘’jizasiQur’oni karim va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarda inson vujudidagi, tabiatdagi juda ko‘p hayratlanarli ilmiy dalillar bayon qilingan. Ularning ko‘pi zamonamizda olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar natijasida kashf qilindi yoki tasdiqlandi. Kelajak texnologiyalari vositasida ochilajak yana ko‘pgina ilmiy dalillar borligi shubhasiz.
Alloh taolo Fussilat surasida shunday marhamat qiladi: “Biz ularga ham ufqlardagi, ham o‘z nafslaridagi oyat-belgilarimizni ko‘rsatamiz. Toki ularga Uning haqligi ravshan bo‘lsin. Sening Robbing har bir narsaga shohid ekanligi kifoya qilmasmidi?!” (53-oyat).
An’om surasida esa: “Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqarganlardan ham ko‘ra zolimroq kimsa bormi? Albatta, zolimlar najot topmaslar” deyilgan (21-oyat).
Aziz o‘quvchilar, bir nemis olimining ma’ruzasida Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning elchisi ekanlariga va biz u zotning belgilarini inkor etmay, aksincha so‘zsiz ergashishimiz kerakligi haqidagi ishonchli hujjat-dalillar bilan tanishasiz.
Dumg‘aza (xvosttsovaya kost) mo‘’jizasi
Dumg‘aza inson umurtqa pog‘onasining eng oxirgi suyagi bo‘lib, insonning bir a’zosi hisoblanadi, u hech qachon yo‘q bo‘lib ketmaydi. Boshqa suyaklardan farqli o‘laroq u erda chirib ham ketmaydi. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ko‘pgina hadisi shariflarida aytilishicha, inson dumg‘aza suyagidan yaratilgan, keyin qiyomatda yana shundan yaratiladi.
Abu Hurayradan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday deganlar:
“Insonning hamma joyi chirib yo‘q bo‘ladi, faqat dumg‘aza suyagi chirimaydi. Inson undan yaratilgan edi, qiyomat kuni yana undan yaratiladi”.
Imom Buxoriy, Nasoiy, Abu Dovud, Ibn Moja rivoyat qilishgan.
Yana Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Insonning bir suyakdan boshqa hamma narsasi chiriydi. Bu chirimagani – “ajbuz-zanab” deb ataluvchi dumg‘azadir. Qiyomat kuni qayta tirilish shundan tarkib topadi”.
Imom Muslim rivoyat qilgan.
Ushbu hadislarda dumg‘aza haqidagi bunday fikrlar va dalillar ifodasini topgan:
– Inson dumg‘azadan yaratilgan.
– Dumg‘aza erda chirib ketmaydi.
– Qiyomat kuni har bir inson shu suyakdan qayta tiriladi.
Quyida ushbu so‘zlarni isbotlovchi ilmiy dalillar keltiriladi.
Ilmiy dalil
1. Homila rivojlanishining davrlari
Nutfa va tuxumhujayra qo‘shilganidan so‘ng homila (embrion) rivojlana boshlaydi. Urug‘langan tuxum hujayra bo‘linishni boshlaydi: bir hujayradan ikkita, ulardan esa to‘rtta hosil bo‘ladi va hokazo. Hujayralarning bo‘linishi va rivojlanishi “embrional disk” shakllanishigacha davom etadi, ular ikkita qatlamdan iborat:
1) Tashqi epiplast:
Bu erda tsitotrofoblast joylashgan bo‘lib, u homila ona qonidan va bachadon devoridan kerakli ozuqa bilan ta’minlanib turishi uchun embrionni bachadon devoriga mahkam o‘rnashtiradi.
2) Ichki xipoplast:
Bunda, Alloh taoloning irodasi bilan homila hosil bo‘ladi. 15 kundan so‘ng embrionning eng pastki qismida «jo‘n tasma» (primitivnыe polosы) deb atalmish birinchi chiziqlarni payqasa bo‘ladi. Bu chiziqning oxirida esa birinchi kichkina chiziqcha, ya’ni «jo‘n tuguncha» (primitivnыy uzel) bor.
«Jo‘n tasma» hosil bo‘ladigan taraf «embrional disk»ning orqa tomoni bo‘ladi. Quyida “jo‘n tasma” va «jo‘n tuguncha»dan barcha a’zolar va to‘qimalar shakllanishi bayon etiladi.
– Ektoderma: teri va markaziy asab tizimini tashkil qiladi.
– Mezoderma: hazm qilish yo‘li, yurak, qon aylanish, suyaklar, siydik va jinsiy tizimlar, to‘qima osti, limfa va taloqlarda yumshoq mushaklarni hosil qiladi.
– Etdoderma: ovqat hazm qilish tizimidagi shilliq parda, nafas olish tizimi, hazm qilish yo‘liga tegishli a’zolar, qovuq, qalqonsimon bez va eshitish yo‘llarini hosil qiladi
“Jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha” umurtqaning oxirgi qismigacha davom etib cho‘zilganidan so‘ng bulardan dumg‘aza hosil bo‘ladi.
Xulosa: dumg‘aza “jo‘n tuguncha” va “jo‘n tasma”dan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘sib uch qatlam hosil qilishi mumkin, bulardan esa homila shakllanadi: ektoderma, mezoderma va endoderma.
2. Homilaning noqisligi dumg‘azaning inson uchun ona hujayra ekani dalilidir.
Dumg‘azaning so‘nggi umurtqasida joylashgan “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha”dan homila paydo bo‘lib, shakllanganidan keyin “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha” uning xos xislatlarini saqlab qoladi. Bordi-yu, ular ayniy boshlasa, homila bilan birgalikda shish (teratoma dumg‘azaning umurtqa pog‘onasi bilan ulangan joyi) paydo bo‘lishi va u buzilgan homilani ayrim to‘la shakllanib ulgurgan a’zolar (masalan, tish, soch va hokazo, shuningdek qo‘l va oyoq barmoqlari) bilan birga namoyon qilishi mumkin bo‘lardi. Shunday qilib, jarroh bu shishni ochib ko‘rganida to‘liq shakllangan a’zolar borligini aniqlaydi. Bundan dumg‘aza tarkibida aslida ona hujayralari borligi ma’lum bo‘ladi.
3. Xans Spemann tajribalari
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, hujayralarning tuzilishi va homilaning hosil bo‘lishi “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha”dan boshlanadi. Bu qismlar tuzilishidan oldin hujayralarning paydo bo‘lishi va ularning bo‘linishi aslo mumkin emas. Buni isbotlagan eng mashhur tadqiqotchilardan biri nemis olimi Xans Spemanndir. U “jo‘n tasma” va “jo‘n tuguncha”lar ustida o‘tkazgan tajribalarida ularning homila rivojlanishini tashkil qilishini aniqladi va shuning uchun uni “The primary organizer” (ya’ni «birlamchi asos» – «boshlab beruvchi») deb atadi.
U tajribalarini amfibiyalardan (suvda ham, quruqlikda ham yashay oladigan jonzotlar) boshladi. Tajribalarining birida u bir homilani “birlamchi asosi”ni ayni shu “yosh”dagi (ya’ni, uchinchi yoki to‘rtinchi haftalik birinchi homila davridagi) boshqa homilaning epiplastiga ko‘chirib o‘tqazdi. Bu tajriba ko‘chirib o‘tqazilgan “birlamchi asos”dan ikkinchi embrionning paydo bo‘lishiga olib keldi. Ko‘chirilgan a’zo “yangi muhit” atrofidagi hujayralarga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada birinchi homila tanasida ikkinchi homila hosil bo‘ldi.
4. Dumg‘aza hujayralari shikastlanmaydi va buzilmaydi.
1931 yilda Spemann “birlamchi asos” hosil qiladigan to‘qimani maydalab, uni qayta ko‘chirib o‘tqazadi, maydalash esa tajribaga ta’sir qilmaydi va hech narsaga qaramay ikkinchi embrion hosil bo‘ladi. 1933 yilda Spemann va boshqa tadqiqotchilar xuddi shu tajribani takrorlashadi, ammo bu safar “birlamchi asos” hosil qiladigan to‘qimani maydalashdan oldin qaynatishadi.
Ammo bu safar ham hech narsaga qaramay ikkinchi embrion hosil bo‘ladi. Shunday qilib, bu hujayraga hech narsa ta’sir qilmasligi ma’lum bo‘ladi.
1935 yilda Spemann “birlamchi asosni” kashf etgani uchun Nobel mukofotini oladi.
Doktor Usmon al-Jiyloniy va shayx Abdulmajid Az-Zindoniylar ham 2003 yilning ramazon oyida Sanodagi Zindoniyning uyida dumg‘aza bilan bir necha ilmiy tajribalar olib borishdi. Umurtqa dumg‘azasi to‘la alanga olib yonmagunicha gaz alangasiga o‘n daqiqa tutib turildi (suyak oldin qizil rangga kirguncha lovullab yondi, keyin esa qorayib ketdi)
Ular kuydirilgan bo‘laklarni sterillangan kolbaga (laboratoriya shisha idishi) solib, Sanodagi mashhur ilmiy-tadqiqot laboratoriyasiga (al-Olakiy laboratoriyasi) olib borishdi. Gistologiya va patologiya universiteti professori doktor al-Olakiy to‘qima bo‘laklarni o‘rganib, uning kuydirilgani dumg‘azaning suyak to‘qimalariga ta’sir qilmaganini aytadi, ya’ni ular kuydirilgani bilan o‘zgarmagan (faqat mushak, yog‘ to‘qimasi va ilik kuygan, dumg‘aza suyaklarining hujayralarida esa hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan).
Mo‘’jizaning jihati
1. Muhammad alayhissalomning dumg‘aza haqidagi hadislari Payg‘ambarimizning ilmiy mo‘’jizalariga kiradi, chunki embriologiya inson tanasining barcha qism va a’zolari dumg‘azadan chiqqanini aniqlagan bo‘lib, homilashunoslik tilida buni «birlamchi asos» (pervichnыy obrazovatel) ham deyishadi. Bu «birlamchi asos» hujayralarning ko‘payishiga va to‘qimalarning differentsiatsiyalashuviga sabab bo‘ladi, bu esa asab tizimining birlamchi shaklda rivojlanishiga olib keladi. O‘limdan keyin Qiyomat kuni inson shu suyakdan, aniqrog‘i shu suyakning embrionni hosil qildiradigan hujayralaridan qayta tarkib topadi.
2. «Birlamchi asos»ni takroriy qayta ko‘chirib o‘tqazilishi, maydalanishi yoki kuydirilishi tajribaga aslo ta’sir qilmaydi, embrion hech narsaga qaramay hosil bo‘laverdi. Kuydirilish ham dumg‘aza suyak hujayrasining to‘qimalariga ta’sir qilmasligi aniq bo‘ldi. Bu tajribalar natijasi Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadisi shariflaridagi dumg‘azaning erda chirimasligi va butunlay yo‘q bo‘lib ketmasligini haqidagi gaplarini butunlay tasdiqladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:11 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar