Otamga qanday muomalada bo‘lay
Assalomu alaykum! Biz oilada 4 nafarmiz. Onam, akam, ukam va men. Otam 7 yil avval bizni tashlab boshqa ayolga uylangan. Bizdan biror marta xabar ham olmagan shu vaqt mobaynida. Aliment yoki moddiy jihatdan umuman ta’minlamaganlar. O‘sha vaqtda yoshimiz 10, 16, 17 yashar edik aka ukalar. Hozirga kelib Allohga shukur barchamiz mehnatga layoqatlimiz. Agar otamiz kun kelib vafot etsalar bizni ulardan qanday qarzimiz yoki bajarishimiz shart bo‘lgan majburiyatimiz bor? Dinimizda mana shunday holatlarga qanday qaralgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota har qanday holatda ham otalik maqomida qoladi. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 08:16 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush