Qarzimni qanday uzsam bo‘ladi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, men o‘tgan yili metro kassasidan oylik chipta olgandim. Shunda menga adashib 2 ta chipta berib yuborishibdi, lekin shayton yo‘ldan urib indamadim va ikkinchi chiptani boshqa kishiga sotib yubordim. U chiptalar raqami bo‘yicha hisobga olinishini bilaman. Endi ikkinchi chiptaning pulini qanday qaytarishni bilmayapman. Kassaga qaytarib beraymi? O‘sha chiptaning puli menga sotgan kassirdan olingan bo‘lsa-chi? U kassirni eslolmayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kunda nafaqat siz, balki ba’zi yoshi katta keksalar ham qo‘liga tushganini, ko‘rganini yulib qoladigan bo‘lishgan. Vaholanki, ularning aksarini aslo o‘lar-qolarli joyi yo‘q. Bu ularning tabiatidagi qing‘irlikdir. Siz endi bitta chipta sotib olib, foydalanmasdan yirtib yuboring. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:30 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar