Suvsiz ham tahorat olib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Ustozlar, dadajonim betoblar, suvga ko‘p teginish mumkin emas. Agarda suvga ko‘p teginsalar, dardlari avj olishi mumkin. Shu bois, iltimos, suvsiz tahorat qilish usullarini aytib o‘tsangiz. Javob uchun katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! A’zolar bir martadan yuvilsa ham namoz o‘qisa bo‘ladi. Oyoqlariga mahsi kiyishlari ham mumkin. Shunda oyoq yuvish ham kamayadi. Agar haqiqatan suv zarar qilsa tayammum qilishi mumkin. Vallohu a’lam! Quyidagi linkda berilgan maqolani o‘qing. https://fiqh.uz/maqola/369

26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 160 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar