Va’dani bajarmaslik gunohmi?

Assalomu alaykum! Men bir narsa anchadan buyon qiynab kelmoqda. Yoshim 26 da, shu vaqtgacha ko‘plab katta-kichik sinovlarni boshimdan kechirdim. Ana shunday sinovga duch kelgan vaqtim o‘z-o‘zimga "...agar manna shu sinovdan o‘tib mana shunday yaxshi kunga etsam, mana shunaqa ish qilaman..." deb ba’zan o‘zimga, ba’zan esa Alloh oldida va’da berib qo‘yardim. Iymonim sustlik qilibmi yo adashishga moyilligim kuchli bo‘lgani uchunmi o‘sha bergan va’dalarimni unutib qo‘yyapman. Ya’ni qanday va’da, nima qilishga va’da berganim ham esimda yo‘q. Bir oycha bo‘lib qoldi, endi va’da bersam yozib qo‘yyapman. Ammo undan oldingilari esimda yo‘q. Hozir boshimga judayam katta sinovli musibat tushgan. Allohimga har yolvorib yordam so‘ragan vaqtim avval bergan va unutgan va’dalarim haqida o‘ylayman. Iltimos, menga yordam beringlar. O‘sha bergan va’dalarimning gunohiga qanday uzr so‘rashim va tavba qilishim kerak? Va qanday yo‘l tutay? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha va’dalaringiz qasam hisoblanadi. Niyatingiz hosil bo‘lgan bo‘lsa va’daliringizni hammasini amalga oshirishingiz vojib. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:31 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar