Eri taloq bermasa xotin ixtiyori bilan ajrasholmaydimi?

Assalomu alaykum! Bir tanishim so‘rab berishimni iltimos qilgandi. Tanishim eri bilan qonuniy ajrashganiga 3 yil bo‘lgan, ajrashishiga sabab erining ko‘p ichishi xotinini kaltaklab haqorat qilishi, tanishimga xiyonat qilishi bo‘lgan. 3 yildan beri birga yashashmaydi, eri boshqaga uylanib farzandlik ham bo‘lgan, lekin tanishimga taloq bermagan. Shu holda tanishim haliyam sobiq erining shariy xotini hisoblanadimi, bunday vaqtda nima qilish kerak
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qonuniy ajrashayotgandagi so‘zlarga qaraladi. Ajrashishga rozimisiz deganida ha deb javob bergan bo‘lsa u taloq hukmiga o‘tadi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:32 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar