Paynetda mijozlardan haq olmasa bo‘lmas ekan
Assalomu alaykum. Men xam paynet ochganman, paynetdagi usluga mumkin emas degan javobingizni o‘qib qoldim. Paynet kompaniyasi beradigan 2.5% mukofot puli biz agentlarni bank xizmati, soliq va internet xizmatini umuman qoplamaydi. Sababi paynetga 1000 000 pul chiqarmoqchi bo‘lsak 10 000 so‘m bank xizmati berishga majburmiz. 1000 000 so‘mdan 25000 mukofot puli qolsa o‘sha pulni 33% ni yani 8250 so‘m soliqqa to‘laymiz. Qolgan 6750 so‘m puldan internet va chek chiqarish uchun qog‘oz sotib olamiz. Albatta 6750 so‘m internet va chek qog‘oz uchun etmaydi. Paynet kompaniyasiga bir necha marta shu masalada aytganmiz. Ular mukofot pulini oshirishni rad qilishdi. Biz xam shu xizmat turini muntazam ishlashi uchun ancha mexnat qilamiz. Mijozlardan xizmat xaqi olib ishlashimiz mumkinmi xarajatlarni qoplashi uchun? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh ilmingizni ziyoda qilsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mumkin emas. Bu faqat siznigina muammoingiz emas. Doktorga borsangiz u ham olmasa davolamaydi. Vaholanki hukumatni ishchisi maoshni ham hukumatdan oladi. Boshqalar ham shu kabi muammolarni aytadi. Bunday holatda ayb xalqdami? Bergani kam bo‘lsa oylik beradigandan ko‘paytirishni talab qilinglar, xalqdan emas. Sizlar aslida paynetga ishchisizlaru, xizmat haqni xalqdan olasizlar. Bu joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:34 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat